6 dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hududida Chexiyaning nufuzli oliygohlari, Pragadagi Chexiya texnika universiteti, Qishloq xo‘jaligi universiteti, Praga kimyo texnologiyalar universiteti, Shkoda Avto universiteti va Praga Metropolitan universiteti vakillari ishtirokida Chexiya Respublikasida ingliz tilida ta’lim olishga bag‘ishlangan ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazma maqsadi O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini yetakchi chex ta’lim institutlarining tajribasi bilan tanishtirish bo‘ldi. Ko‘rgazma ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish uchun yaxshi maydon bo‘ldi, shuningdek, Chexiyada ta’lim haqida ma’lumotlarni birinchi manbadan olishga imkon berdi.
Chet elda o‘qish – bu yangi tajribaga erishish uchun yaxshi imkoniyat . Chet ellik talabalarni qabul qilish an’anasi bilan mashhur bo‘lgan Chexiya, o‘zining butun hududi bo‘ylab yuqori sifatli oliy ta’lim va keng tanlovdagi mutaxassisliklarni taklif qiladi.
Ko‘rgazmada O‘zbekistondagi Erasmus+ milliy ofisi ham ishtirok etib, uning vakillari Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining barcha imkoniyatlari haqida ma’lumotlar bilan bo‘lishishdi.
Ko‘rgazamada O‘zbekistondagi Chexiya Respublikasi elchixonasi uchun alohida stend tashkil qilindi va Chexiya elchixonasining muvaqqat ishlar vakili janob Roman Masarik ishtirok etdi.
Shuningdek, StudyIn.University asoschisi va chet elda ta’lim sohasi eksperti Daler Abdurahmanov boshlovchi sifatida so‘zga chiqdi.
Ko‘rgazma poytaxtimizning ko‘plagan o‘quvchi yoshlarini qamrab oldi. Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar unievrsitetlar dasturlari bilan bevosita tanishish, oliygohlar vakillari bilan gaplashish va ko‘plab foydali maslahatlar olish imkoniga ega bo‘lishdi.
O‘z navbatida, sifatli ta’lim olishda yordam ko‘rsatuvchi StudyIn.University kompaniyasining malakali xodimlari O‘zbekistonning yoshlarini qiziqtirgan savollarga javob berishdan xursand bo‘ldilar.
Ko‘rgazma doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Praga Metropolitan universiteti o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Shu kuni Praga kimyo texnologiyalar universiteti vakillari Toshkent kimyo texnologiyalar institutiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida Hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanib, ikki oliygohda bakalavriat va magistratura darajalarida iqtisodiyot va menedjment sohasida ikki tomonlama diplom dasturini tuzish bo‘yicha keyingi hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
7 dekabrda Praga dagi Chexiya texnika universiteti, Qishloq xo‘jaligi universiteti va Shkoda Avto universiteti vakillari Toshkent davlat transport universitetiga tashrif buyurishdi. Sanab o‘tilgan oliygohlarda mavjud bo‘lgan o‘xshash yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.