Singapur
Singapur ta'lim tizimi
Singapur chet ellik talabalar uchun ham professional, ham ijtimoiy jihatdan juda yuqori madaniyatga ega mamlakatdir. Singapur innovatsiya va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha dunyoda uchinchi o'rinni egallaydi (INSEAD Global Innovation Index report), talabalar uchun dunyodagi eng yaxshi 3-chi shahar (QS Ranking). Singapurdagi universitetlar Osiyodagi eng yaxshi oliy o'quv yurtlari qatoriga kiritilgan. Singapur diplomlari butun dunyo bo'ylab tan olinadi. Eng kuchli sohalar tibbiyot, texnologiya va aloqa, va menejment hisoblanadi. Chet ellik talabalar uchun Singapurda o'qish pullik, Yevropaning ko'plab mamlakatlariga qaraganda ta'lim qiymati yuqori, ammo ingliz tilida so'zlashadigan Buyuk Britaniya, AQSh yoki Avstraliya mamlakatlariga qaraganda pastroq. Ko'pgina sohalarda o'qishning o'rtacha narxi yiliga 8-10 ming dollarni tashkil etadi. Ba'zi sohalar, shu jumladan tibbiyot, yiliga 30-40 ming dollarga qadar bo’lishi mumkin.
Singapurda o'qishning afzalliklari - bu Britaniya ta'lim tizimi, ingliz tilida keng tarqalgan ta'lim, barqaror iqtisodiy vaziyat va yashash darajasi yuqoriligida.
TOEFL-dan minimal 85 ball talab qilinadi (yozma bo'lim uchun kamida 22 ball), IELTS-dan minimal 6.0 ball talab qilinadi.
Singapurda o'qish va yashash narxi talabalarning turmush darajasiga qarab farq qilishi mumkin. O'qish uchun o'rtacha to'lov bakalavr va magistr talabalari uchun yiliga 10,000-35,000 SGD ni tashkil qiladi. Chet ellik talabalar uchun yashash xarajatlari yiliga 10 000–12 000 SGD atrofida bo'lishi mumkin.
Singapur universitetlari tomonidan taklif qilinadigan mashhur kurslar: Biznes menejment, IT, Muhandislik, Turizm / Mehmonxonalarni boshqarish, Arxitektura, Medisina.
